Qoidalar

Kutubxonadan foydalanish qoidalari

Kutubxonaga yozilish uchun fuqarolar pasportini ko`rsatadilar. Ish yoki o`qish joyidan ma`lumotnoma taqdim qiladilar. Vaqtincha istiqomat qiladigan fuqarolar o`quv xonalari xizmatidan foydalanishlari mumkin. Foydalanuvchi uyiga 15-kun muddat bilan beshta kitob va oynoma olishi mumkin. Nodir kitoblarning yagona nusxalari uyga olib ketish uchun berilmaydi. Kutubxona foydalanuvchilarga har tomonlama axborotlar olish ehtiyojini ta`minlaydi.

Elektron o`quv zalidan foydalanish qoidalari

1. ZiyoNet, optik kompakt disklardagi resurs fondidan, kutubxona elektron katalogidan foydalangan holda foydalanuvchilarga har tomonlama axborot olish imkoniyatini ta`minlaydi.

2. Elektron o`quv zalida xizmat ko`rsatish  “AKM dan foydalanish qoidalari”,  “AKM ning pullik xizmat ko`rsatish Nizomi”,  “AKM da pullik xizmatlar ko`rsatish va xizmat turlarining asosiy narxlar preyskuranti”ga amal qilgan holda qilinadi.

3. Mazkur  “Foydalanish qoidalari”  elektron o`quv zalidagi foydalanuvchilarning faoliyatini, ularning huquqini hamda ushbu tartib-qoidani buzganligidagi majburiuatlari va mas`uliyatini aniqlaydi.

Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

Foydalanuvchining huquqlari

ZiyoNet elektron resurslaridan, elektron o`quv zalida mavjud kompakt-disklar fondining elektron nashrlaridan foydalanish:

Foydalanuvchi axborot qidiruvi bo`yicha yordam olish;

Mavjud bo`lgan barcha to`liq xizmat ko`rsatuvchi dasturlardan foydalanish;

Elektron o`quv zalining kompakt-disklar fondlari bo`yicha axborot olish;

Hujjatlarning ayrim qismidan skaner olishi;

Printerdan chiqarish;

Shaxsiy moslama (axborot tashuvchi) sidan foydalanish (CD, Flesh (Flesh, Floppik disk);

Elektron o`quv zali xodimining ruxsati orqali va belgilangan hajmi bo`yicha optik kompakt-disklardagi ma`lumotlarni tanlash orqali nusxa ko`chirish;

“Moi dokumenti” papkasida shaxsiy fayllarni o`z familiyasi va vaqtini belgilagan holda saqlab qoldirish;

Elektron o`quv zalining ish tartibi, o`tkaziladigan turli tadbirlar va boshqa ma`lumotlarni olish.

Foydalanuvchining majburiyatlari

Mazkur qoidalarga va elektron o`quv zalining ish tartibiga rioya qilish;

Jihozlar va optik kompakt-disklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish;

Disketani antivirus testidan o`tkazish uchun ko`rsatish;

“Moi dokumenti” papkasida o`z fayllarini saqlash (seans vaqtida);

Ish faoliyatini tugatgandan so`ng foydalangan dasturlarini o`chirish, chiqishda standart tartibda o`z fayllarini o`chirish;

Foydalanuvchi kitoblarni extiyot qilib saqlashi;

Kitoblarni belgilangan muddatidan kechiktirmay qaytarishi;

Kitob yo`qotilgan taqdirda kutubxonaga xuddi shunday kitob qaytarilishi yoki kutubxonaga mazmuni va qiymati jihatidan barobar deb hisoblangan boshqa kitob bilan almashtirishi zarur.

Foydalanuvchilarga man etiladi.

Pornografik, millatchilik va irqchilikka rahna soluvchi hamda zo`ravonlikka da`vat etuvchi axborotlarni olish va tarqatish;

Administrator ruxsatisiz shaxsiy disketa va CD disklardan foydalanish;

Windows dasturining konfigurastiyalarini o`zgartirish yoki qayta o`rnatish;

Shaxsiy komp`yuterni periferik qurilmalariga ulanish;

Shaxsiy CD-ROM va disketalardagi biror-bir dasturlarni o`rnatish;

AKM manzilidagi IP orqali kirish mumkin bo`lgan katta hajmdagi ma`lumotlarni va to`liq matnli ma`lumotlar bazasidan elektron jurnalning to`liq nusxasini ko`chirish.

“Elektron o`quv zali va elektron hujjatlardan foydalanish qoidasi”ni buzgan foydalanuvchining javobgarligi.

“Elektron oquv zali va elektron hujjatlardan foydalanish qoidasi”ga amal qilmay intizomni buzgan, jihozlarga zarar keltirgan foydalanuvchi O`zR qonunlarida belgilangan moddalar bo`yicha hamda “AKM ning foydalanish qoidalari” va quyidagi Qoidalarga asosan ma`muriy va moddiy jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Elektron o`quv zalida xizmat ko`rsatish bo`yicha AKM ning majburiyatlari.

Elektron o`quv zali quyidagilar bilan ta`minlaydi:

Mazkur belgilangan qoidalar asosida foydalanuvchilarning huquqini amalga oshirish;

Foydalanuvchilarga sifatli va madaniy xizmat ko`rsatish.

Elektron kutubxonada quyidagi xizmatlar amalga oshiriladi.

Printerda chiqarish – 100 so`m (1 bet)

Matn va tasvirni ckaner qilish (A4 format) – 300 so`m

Rangli printerdan chiqarish – shartnoma asosida (1 bet)

Matnlarni avtomatik o`qib olish tarzida (tahrirsiz matn) – 300 so`m

Published in: ||on Iyul 2nd, 2008 |No Comments »