Kutubxona tarixi

1934 yil noyabr oyida Urganch shahar xalq maorifi bo`limi qoshida okrug kutubxonasi sifatida tashkil etilgan. Shu paytda kutubxona 5 838 nusxa kitob jamg`armasiga ega bo`lgan.

1936 yilga kelib kutubxona jamg`armasi 16 000 nusxaga etgan, 1322 kitobxonga xizmat ko`rsatgan. Maorif bo`limining 1938 yil 17 noyabrdagi qaroriga muvofiq viloyat kutubxonasi sifatida qayta tashkil etilgan. Dastlabki yillarda butun diqqat-e`tibor aholini kutubxonaga jalb qilish, ularni tizimli oqishga qiziqtirish ishlari yo`lga qo`yilgan. Kitob jamg`armasi ham asta-sekin o`sa bordi.

1940 yilga kelib kitob jamg`armasi 40 000  nusxaga etib, 2188 kitobxonga xizmat ko`rsatgan. Shu yili viloyat bo`yicha kutubxona tarmoqlari jami 96 ta bo`lib, jumladan 1 та vulоyat kutubxonasi, 9 та tarmoq kutubxonasi, 2 tа shahar kutubxonalari, 38 tа qishloq kutubxonalari, 5 tа klub kutubxonalari, 12 tа kolxoz kutubxonalari, 15 tа qiroatxonalari bo`lgan.

Kutubxona asta-sekin kitob ixlosmandlarining sevimli maskaniga aylana borgan. Kitob jamg`armasi 140 ming nusxaga etgan, 270 nomda oynomalar va o`nlab nomlardagi ro`znomalar kitobxonlar e`tiboriga havola qilingan. Kutubxonachilarning tashabbusi bilan uysozlik kombinati, qurilish materiallari zavodi singari ko`plab korxonalarda ko`chma kutubxonalar ochilgan. Jamoatchilik kengashi, kinolektoriy namunali faoliyat ko`rsatgan.

Kutubxona xalqaro kutubxonalararo abonementi orqali 30 ga yaqin yirik shaharlar bilan bog`lanib, u erlardan turli mavzularga oid adabiyotlar olib turgan.

1966 yilda vohamizda mashhur bo`lgan taniqli qo`shiqchi-shoir O`zbekiston xalq shoiri Qurbon ota Ismoilovning tavalludiga 100 yil to`lishi munosabati bilan viloyat kutubxonasiga Qurbon ota Ismoilov nomi berilgan.

1967-1988 yillar davomida, 20 yildan ziyod davrda kutubxonaga L.A.Milgotina rahbarlik qilgan. Ko`p yillar davomida kutubxonaga boshchilik qilgan bu inson shu sohaning barcha ishlariga bilim tajribasi bilan yondashadigan jamoatchilikni ham jalb qila biladigan bilimdon rahbar sifatida viloyatda kutubxonachilik ishi rivojidagi o`rni beqiyosdir.

1985-1986 yillar kutubxona faoliyati uchun yangi qadam va yangi rejalar davri bo`ldi.

Aholiga yaxshi kutubxona xizmati ko`rsatish maqsadida hamda yangi uslubdagi kitob jamg`armasiga kutubxona ma`lumot bibliografiyasiga ega bo`lgan yangi loyihadagi bino qurilib, 1986 yildan ishga tushdi va kutubxona o`zining ilk kitobxonlarini zamonaviy binoda qabul qildi.

Published in: ||on Iyul 2nd, 2008 |No Comments »