Hujjatlar

NIZOM

Xorazm viloyati Axborot – kutubxona

markazi Nizomi

1. Umumiy qoidalar

1.2. Axborot – kutubxona markazi faoliyati demokratik, insonparvarlik, hammabop, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik, shaxsning erkin kamol topishi tamoyillariga asoslanadi.

1.3. AKM O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Respublika Axborot – kutubxona markazi ixtiyoridadir.

1.4. AKM o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga, qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi qarorlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi va bo`ysunadi.

1.5. AKM yuridik shaxs bo`lib, alohida mol-mulkka, mustaqil smetaga, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, o`z nomi yozilgan gerbli dumaloq muhrga, tamg`a, maxsus forma qog`oziga va boshqa anjomlarga ega bo`ladi.

1.6. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Idoralararo kengash AKM ga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, O`zbekiston Milliy kutubxonasi – respublika metodika markazi uning ishchi organi hisoblanadi.

1.7. AKM axborotlashtirish va kutubxona ishi sohasida axborot-resurs markazlari uchun uslubiy markaz hisoblanadi.

1.8. AKM axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalari va ilmiy-ta`lim muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini o`rnatadi. Respublikaning kutubxonalari hamda boshqa muassasalari va tashkilotlari bilan kitob ayirboshlaydi, shuningdek zaruriyatga qarab xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitob ayirboshlaydi.

2. AKM ning asosiy maqsad va vazifalari

2.1. AKM faoliyatining asosiy maqsadi:

– yuqori sifatli kutubxona-axborotni ta`minlash hisobiga aholining axborotga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish;

-bilimlar va axborotdan erkin foydalanish;

-shaxsning kamol topishi, ta`lim va mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

2.2. AKM ning asosiy vazifalari

– aholiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish, uning ilmiy, ta`lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondiish;

– kitobxonlarga an`anaviy kutubxona xizmati ko`rsatishdan o`z axborot resurslarini yaratish va lahon ilmiy-ta`lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo`li bilan axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishga o`tishni ta`minlash;

– universal axborot resurslari, milliy va xoriliy nashrlar (bosma, aydiovizual, elektron va boshqa) fondlarni shakllantirish, saqlash va foydalanish uchun berish;

– yig`ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma`lumot bazalarini yaratish;

– joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik sohasidagi axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy-uslubiy lihatdan ta`minlash.

3. AKM ning asosiy funkstiyalari

Asosiy vazifalarni bajarish uchun AKM quyidagi funkstiyalarni amalga oshiradi:

3.1. Kutubxona – axborot resurslari fondini shakllantiradi:
– universal fondni an`anaviy va an`anaviy bo`lmagan axborot shakllarida o`quv, badiiy, ilmiy, ma`lumotnoma va ilmiy – ommabop hullatlar bilan butlaydi;

– fondni Internet tarmog`ining axborot resurslari, boshqa muassasalar va tashkilotlarning ma`lumotlar bazalari va ma`lumotlar banki bilan muhtazam ravishda to`ldirib boradi;

– viloyatdagi olimlar, professor – o`qituvchilar tomonidan yaratilgan asarlar va hullatlar fondini yig`adi;

– hujjatlarni joylashtiradi, tashkil etadi va ularni saqlaydi.

3.2. Axborot mahsulotlari yaratadi:
– axborotni tahliliy – sintetik qayta ishlaydi;
– ma`lumotnoma – bibliografiya apparatini tashkil etadi va yuritadi: alifboli, sistemali kataloglarni, maqolalarning sistemali mavzuli va o`lkashunoclik kartotekalarini hamda elektron shakllarini, ma`lumotlar bazasini yaratadi;

– hududiy, milliy nashrlarning elektron katalogini yaratadi va Respublikaning elektron katalogini yaratishda ishtirok etadi;

– tavsiyaviy bibliografik qo`llanmalarni ishlab chiqadi (sharhlar, ko`rsatkichlar, ro`yxatlar);

– axborotdan foydalanuvchilarga axborot mahsulotlari haqida axborot berish bilan shug`ullanadi.

3.3. Foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish:

– foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotga bo`lgan ehtiyojlarini o`rganish asosida har xil manbalarda axborot resurslari taqdim etadi;

– o`qitish, bilim olish va ijodiy faoliyotda kommunikastiyaga tayangan holda mustaqillikni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi;

– masofadan turib o`qitishni rivojlantirish bilan birga mustaqil o`qish ko`nikmasini rivojlantiradi;

– mustaqil kutubxonadan foydalanuvchi axborot iste`molchisi ko`nikmalariga o`qitishni tashkil etadi, bilimlar, ko`nikma va malakalar majmuining kitob va axborot bilan ishlashga integrastiyasiga ko`maklashadi;

– foydalanuvchilarning mutolaa, mustaqil bilim olish va dam olish jarayoniga bog`liq muammolarni hal etishda axborot faoliyati bilan ta`sir etadi;

– shaxsning umumiy va mutolaa madaniyatini, tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beruvchi yakka va ommaviy ishlarni tashkil etadi;

– belgilangan tartibda ‘ZiyoNet’ respublika ilmiy-ta`lim axborot tarmog`iga ulanadi, uning resurslaridan aholining keng qatlamlari foydalanishini ta`minlaydi;

– ilmiy-tadqiqot ishi, ta`lim, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish bilan bog`liq talab va qiziqishlarni, axborotga bo`lgan ehtiyojni o`rganadi va qondiradi;

– foydalanuvchilarning kasb-mahoratini oshirishga, malakasini ko`tarishga yordam beradi;

– foydalanuvchilarning so`rovlariga ko`ra ixtisoslashtirilgan ma`lumotlar bazasi yaratadi;

– erkin va pullik xizmat ko`rsatish asosida ma`lumotlar bazasidan foydalanishni, ilmiy-ta`limiy elektron nashrlar namoyishini tashkil etadi;

– kundalik axborotlashtirish ishlarini axborot kunlari, yangi bosma va elektron nashrlarning sharhi va axborot ro`yxatlari vositasida amalga oshiradi;

– joriy xabardor qilishni amalga oshiradi (axborot kunlari, yangi kelgan nashrlar va materiallar sharhi);

– viloyatdagi axborot-resurs markazlarini axborot bilan boyitishga ko`maklashadi;

– axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga ko`maklashadi.

3.4. Maslahat xizmatlari va o`qitish kurslari tashkil etadi:

-kutubxona menejmenti, marketingi, yangi axborot texnologiyalarini qo`llash va h. k. bo`yicha o`z mintaqasi doirasida kutubxonachilarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etadi;

– axborot resurslari, elektron ma`lumotlar bazalari yaratish va maxsus dasturlar bo`yicha Internetda navigastiyalar yaratish va foqdalanish sohasida kutubxonachular va foydalanuvchilarga maslahatli xizmat ko`rsatadi;

– axborot resurslari, elektron ma`lumotlar bazalari, Internet va h.k. dan foydalanish bo`yicha foydalanuvchilar uchun o`qitish kurslari tashkil etadi.

– 3.5. RAKM bilan kelishgan holda AKMdan foqdalanish qoidalari, kutubxona fondlari va boshqa axborot resurslarini tashkil etish, saqlash va ulardan foqdalanish bo`yicha yo`riqnomalarni tasdiqlaydi. Foydalanuvchilarning yoshi chegarasi AKMdan foqdalanish qoidalarida ko`rsatiladi.

– 3.6. AKM o`z fondidan hududidagi aholi barcha qatlamlarining foqdalanishini hamda respublika va boshqa davlatlarning fuqarolariga u haqidagi to`liq axborot berishni tashkil etadi.

3.7. O`quv zallarida AKM fondlaridan, ma`lumotnoma apparatidan foydalanish hamda axborot manbalarini izlash va tanlashda maslahat berish bepul amalga oshiriladi.

3.8. Alohida qimmatli va nodir qo`lyozmalar va nashrlarning saqlanishini ta`minlash maqsadida, shuningdek O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda AKMdan foydalanish qoidalarida AKM fondlaridan foydalanishda cheklashlar belgilanisi mumkin. AKMda cheklangan holda foydalaniladigan hujjatlar mavzudligi to`g`risidagi axborot barcha uchun ochiq hisoblanadi.

4. AKMning huquq va majburiyotlari

AKM quyidagi huquqlarga egadir:

4.1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida” 2006 yil 20 iyundagi qarorida ko`rsatilgan maqsadlar va vazifalarga va ushbu Nizomga muvofiq kutubxona – axborot xizmati ko`rsatish shakllari, vositalari va usullarini mustaqil tanlash.
4.2. Axborot resurslari va boshqa hujjatlarni to`plash manbalarini belgilash.

4.3. Kutubxona fondini hisobga olish bo`yicha yo`riqnomaga muvofiq fondlarda hujjatlarni olish va realizastiya qilish.

4.4. Tasdiqlangan AKM tariflari bo`yicha pullik axborot – kutubxona xizmatlari ko`rsatish.

4.5. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kutubxona uyushmalari va ittifoqlari ishida qatnashish.

AKM quyidagilarga majburdir:

4.6. Har qanday foydalanuvchilar toifasining AKMning axborot resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta`minlash.

4.7. Foydalanuvchilarni AKM tomonidan ko`rsatiladigan xizmat turlari
haqida xabardor qilish.

4.8. Xalqaro kommunikativ MARC formatlar negizida electron katalogni muntazam ravishda shakllantirish.

4.9. Mavjud me`eriy hujjatlarga muvofiq fondlar va kataloglar tashkil etilishini ta`minlash.

4.10. Tasdiqlangan nashrlar ro`xatiga, foydalanuvchilarning barcha toifalari manfaatlari, ehtiyojlari va so`rovlariga muvofiq fondlarni shakllantirish.

4.11. Foydalanuvchilarga axborot – bibliografiya va kutubxona xizmati ko`rsatishni takomillashtirish.

Published in: ||on Iyul 31st, 2008 |No Comments »