Archive for Yanvar, 2010

22.01.2010

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining majlislar zalida Urganch filialining til tayyorlash Markazi hamda Rossiyaning “Russkiy mir” fondi bilan hamkorlikda o`tkazgan “Tibbiyot talabalarini rus tiliga kasbiy yo`naltirish bo`yicha o`qitish” loyihasining taqdimotida Xorazm Axborot – kutubxona markazi “A. S. Pushkin rus poeziyasining oftobi” mavzusidagi ko`rgazma bilan qatnashdi.

13.01.2010

AKM va Serjantlar tayyorlash maktabi 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab “Vatan o`g`lonlari” mavzusida kecha o`tkazdi. Serjantlar tayyorlash maktabining podpolkovnigi M. T. Yunusov va podpolkovnik D.S. Karimovlar ofiser va kursantlarni bayram bilan qutladilar. Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazining foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi mudiri Q. Ismailova va kutubxonalararo abonement sektori mudiri A. Xojayevalar ham ofiser va kursantlarni bayram bilan qutlab, esdalik sovg`alarni ulashdilar.

Published in:1 |on Yanvar 6th, 2010 |No Comments »