Archive for Dekabr, 2009

24.12.2009

Yo`l – transport hodisalarining oldini olish hamda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009 yil 5 dekabrdagi 668-f-sonli farmoyishiga binoan “Diqqat yo`lga qarang” mavzusida AKMda uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda Xorazm viloyat IIBYXXB katta inspektori mayor M. Navro`zaliev, Xorazm viloyat IIBYOXB katta mutaxassisi mayor A. Rajabovlar qatnashdilar.

15.12.2009

Xorazm AKMda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 200 yilligiga bag`ishlab adabiy kecha va kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi. Ogahiy o`zbek xalqi madaniyati tarixida shoir, mohir tarjimon, ma`rifatparvar shaxs sifatida yorqin iz qoldirgan buyuk siymolarimizdir. Shoirning “Ta`viz ul-oshiqin” (Oshiqlar tumori) devoni 20 ming misradan ziyod she`rlardan tarkib topgan bo`lib, u Xorazm xonligi tarixining turli davrlarini aks ettirgan 5 ta uirik tarixiy asarlarni o`ziga qamrab olgan.

05.12.2009

AKMda 8 – dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinganligini 17 – yilligiga bag`ishlab “Konstitusiya mustaqillik garovi va inson huhuqlari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi

01.12.2009

1 – dekabr butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag`ishlab AKMda “Davosiz dardning oldini olaylik” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. OITS markazi shifokori I. Matkarimova, IIB shifoxonasining shifokori A Yoqubov, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyat bo`limi kengashi raisi o`rinbosari R. Davletova va NNT direktori R. Masharipovalar OITS haqida gapirib, bu halokatga eltuvchi vabodan ehtiyot bo`lishga, giyohvand moddalarni iste`mol qillishdan saqlanishga da`vat qildilar.

Published in:1 |on Dekabr 2nd, 2009 |No Comments »