Archive for Noyabr, 2009

24.11.2009

Xorazm viloyat AKMda Xorazm viloyat hokimiyati, viloyat axborot-kutubxona markazi va O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkil qilingan (“O`zdavkitobsavdota`minoti”) darslik va o`quv qo`llanmalarning ixtisoslashgan hududiy ko`rgazma – yarmarkasi bo`lib o`tdi. O`zbekistondagi “O`zbekiston”, “Cho`lpon”, “O`qituvchi”, “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “Sharq”, “Fan”, “Yangi asr avlodi”, “Ma`naviyat”, “Adabiyot va san`at nashriyoti”, “Art Flex”, “Xorazm” nashriyotlari o`zlarining darslik va o`quv qo`llanmalarini, ensiklopediyalar va badiiy adabiyotlarini ko`rgazmaga taqdim qildilar. Ko`rgazmani viloyat xalq ta`limi boshqarmasining boshlig`i E. Xudoynazarov ochdi. Qatnashchilarda tilshunoslik, vatan tarixi, falsafa, informatikaga oid darsliklar, tibbiyot va musiqaga oid kitoblar alohida qiziqish uyg`otdi. O`zbekistondagi nashriyotlarning nashrlari taqdim qilingan “Kitob hayotni o`rgatuvchi murabbiydir” degan rasmli kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi. Xorazm viloyat AKM “Yaxshi kitob – ilm qal`asining kalitidir” nomli kitob ko`rgazmasini tashkil qilib, ko`rgazmaga ilmiy- uslubiy qo`llanmalar, ma`lumot – bibliografik ko`rsatkichlar, electron fond, rang – barang bukletlarni taqdim qildi.

Published in:1 |on Noyabr 25th, 2009 |No Comments »