Archive for Sentabr, 2009

24.09.09

“Yilning eng yaxshi axborot – kutubxona va axborot – resurs markazlari mutaxassisi” ko`rik – tanlovining respublika bosqichida Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazining foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limining mudiri Ismailova Qunduz qatnashib, sertifikat oldi.

23.09.09

23 – 24 sentabr kunlari Nukus shahrida o`tkazilgan ICTExpo 2009 axborot texnologiyalari milliy ko`rgazmasida Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi o`z ko`rgazmasi bilan ishtirok qildi. Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi ICTExpo 2009 axborot texnologiyalari milliy ko`rgazmasining qatnashchisi degan diplomga ega bo`ldi.

22.09.2009

22 – 25 sentyabr kunlari Toshkentda axborot – kommunikasiya texnologiyalari bo`yicha Milliy SAMMIT bo`lib o`tdi. Uning dasturiga ICTExpo 2009 axborot texnologiyalari milliy ko`rgazmasi, xalqaro ilmiy konferensiya kirdi. Sammitda Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazining xodimlari ham qatnashib, konferensiyada “Axborot texnologiyalari sharoitida Xorazm AKMning axborot – bibliografiya faoliyati” mavzusida ma`ruza qilindi.

08.09.2009

Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida 2009 yil 8 sentabr kuni tarjimon Shavkat Razzoqovning “Omad zinapoyalari” kitobi hamda Shavkat Razzoqov tarjima qilgan Mirzakarim Norbekovning “Tentakning hayot tajribasi” va Jorj Kleysonning “Bobilning eng badavlat odami” asarlarining taqdimoti o`tkazildi.

Published in:1 |on Sentabr 9th, 2009 |No Comments »