Archive for Avgust, 2009

06.08.2009

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida” hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`grisida”gi qarorida ko`rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta`minlash hamda ta`lim sifati va samaradorligini oshirish magsadida 2009 yil 6 avgust kuni Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida Xorazm viloyat Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi hududiy boshqarmasi, Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi, Xorazm viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi, Xorazm viloyat o`rta – maxsus, kasb – hunar ta`limi boshqarmalari “Yilning eng yaxshi axborot – resurs markazlari mutaxassisi” ko`rik – tanlovini o`tkazdi.

28.07.2009 

2009 yil 28 iyul kuni Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi, Xorazm viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi, Xorazm viloyat kasb – hunar ta`limi boshqarmasi, viloyat oliy maxsus ta`lim ARM xodimlari, Ma`naviyat va ma`rifat targ`ibot markazi viloyat bo`limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bo`limi, Xorazm viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xorazm viloyat arxiv ishi boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilot “Interbilim” markazi, viloyat milliy madaniy markazlari bilan “Axborot – kutubxona, Axborot resurs markazlari, boshqa kutubxonalar zamonaviy turida va ularning innovasion imkoniyatlarini rivojlantirish” mavzusida viloyat ilmiy anjumanini o`tkazdi. Viloyat ilmiy – amaliy anjumanini viloyat Aloqa va Axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmasi boshlig`i F. Yangiboev, viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi S. Rajabov, Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi direktori R. Qurbanovlar kirish so`zi bilan ochib berishdilar. Ular o`z so`zlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot – kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi 2006 20 iyundagi qarori kutubxonachilik sohasida islohot o`tkazishga asos bo`lganligini, jahon talablari standartlariga javob bera oladigan kutubxona tarmog`ini takomillashtirish, o`sib kelayotgan yosh avlodni intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy – ma`naviy, ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan yangi axborot markazlarini barpo etish, kutubxonalarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta`minlab, jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratish ko`zda tutilganligini ta`kidlab o`tdilar. Ilmiy – amaliy anjumanda quyidagi masalalar ko`rildi: Axborot texnologiyalari – axborot olishga imkon tug`diradi; Yangi texnologiyalar va an`anaviy turida xizmat ko`rsatish; XXI asr kutubxonasi va uni o`quvchilar bilimini oshirishdagi yo`li; AKM, ARM va kutubxonalar standartlari bilan ishlash; Arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil etish va elektron hujjatlar fondini shakllantirish; Axborot texnologiyalari asrida axborot xizmati ko`rsatishning yangi shakllari; Kutubxonachilik reklamasi va ommaviy axborot vositalari; Madaniy va ma`naviy merosni targ`ibot qilishda viloyat AKM va ARMlarning o`rni va roli; Maktab kutubxona xodimlarini malakasini oshirish to`g`risida; Ma`naviy – ma`rifiy ruhda tarbiyalash; Ta`lim darajasini oshirishda maxsus ta`lim muassasalari axborot – resurs markazlarining o`rni; Viloyatdagi milliy madaniy markazlari va kutubxonalar. Ilmiy – amaliy anjuman so`nggida 2 ta sho“balar bo`yicha quyidagi mavzularda majlislar bo`lib o`tdi: 1 sho“ba. “Axborot texnologiyalari asrida axborot xizmat ko`rsatishning yangi shakllari”; 2 sho“ba. “Yangicha ish usullarini qidirish tizimi”. Ushbu sho“balarni viloyat Axborot – kutubxona markazi axborot texnologiyalari bo`limi mudiri D. Ruzmetova va ilmiy – metodika bo`limi mudiri S. Imamutdinovalar olib borishdi.

16.07.2009

16 iyul kuni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” munosabati bilan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat va yoshlar tashkilotlari bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda iqtisodiyot, biznes masalalari va viloyatning ijtimoiy hayotiga ularning ta`siri muhokama qilindi. Xorazm AKM bevosita bu uchrashuvda ishtirok qildi. AKM aholiga axborot texnologiyalari vositasida xizmat ko`rsatayotganligi, elektron katalog va kartotekalar hamda AKM tomonidan o`tkazilayotgan tadbirlar haqida gapirib berildi. Axborot bibliografiya bo`limi qishloq xo`jaligi, iqtisodga oid kitob va jurnallarning sharhini o`tkazdi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” ga bag`ishlangan mavzuli kartoteka bilan tanishtirildi. Xorazm haqidagi “Xorazm” kitobining elektron – musiqali roliki namoyish qilindi. 

15.07.2009

Xorazm viloyat AKMda “ZiyoNet” va Internet tarmog`idan foydalanuvchilarni o`qitish” mavzusida Axborot – resurs markazi va AKM yosh xodimlari uchun seminar – trening o`tkazildi. AKM kutubxona ishi bo`yicha direktor o`rinbosari E. Xamidullina seminar – treningning maqsadi va vazifalari to`g`risida gapirdi. Axborot texnologiyalari bo`limi mudiri D. Ruzmetova “Internet – butunjahon komp`yuter tarmoqlari majmuidir” degan mavzusida ma`ruza qildi: – “Internet global komp`yuter tarmog`i bo`lib, foydalanuvchilarga axborot xizmati ko`rsatish uchun yaralgandir. WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatidir.” So`ngra, “ZiyoNet” portalidan qanday qilib foydalanuvchilar o`zlariga zarur bo`lgan mavzular bo`yicha ma`lumotlarni topish ko`rsatib berildi. Axborot texnologiyalari bo`limi etakchi kutubxonachisi Z. Xojaniyozova “Internet tarmog`ida elektron pochta yaratish”, “Elektron pochta orqali ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish” mavzularida ma`ruza qildi va elektron pochta bilan ishlashni amaliy mashg`ulotda ko`rsatib berdi.

01.07.2009

AKMda O`lkashunoslik axborot sektori mudiri Nina Valentinovna Tsoyning tavallud ayyomi to`kin dasturxon atrofida tantanali nishonlandi. AKM direktori R.S. Qurbonov Tsoyni tug`ilgan kuni bilan tabriklab, unga eng yaxshi tilaklarni bildirdi. AKM xodimlari va mehmonlar ham Nina Valentinovnaga ezgu tilaklarni bildirdilar. Nina Valentinovna izlanuvchan, tirishqoq xodim, uning sa`y – harakati bilan AKM o`lkashunoslik axborot sektorining mini – muzeyi tashkil etildi. Tsoy AKMning kutubxonachilik faoliyatiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelmoqda.

 

Published in:1 |on Avgust 7th, 2009 |No Comments »