Archive for Iyun, 2009

23.06.2009

Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi, viloyat o`rta maxsus kasb – hunar ta`limi boshqarmalari bilan birgalikda ARM rahbarlari uchun axborot – kutubxona faoliyatining yangicha ish usullari va shakllari mavzusida seminar – trening o`tkazdi. Viloyat Axborot – kutubxona markazi direktori R. S. Qurbanov seminar – treningni ochib, axborot texnologiyalari har bir sohani jadal sur`atda qamrab olayotgan hozitgi paytda zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida foydalanuvchilarga yangicha xizmat ko`rsatishni tashkil qilish va mutaxassislar malakasini oshirish davr talabi ekanligini aytdi. Seminarda viloyat xalq ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi S. Rajabov va viloyat o`rta maxsus kasb – hunar ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi U. Karimovlar ham o`quvchilarga jahon axborot resurslaridan foydalanish imkonini yaratib berish asosida o`quvchilarning muntazam ta`lim olish va mustaqil bilim olishlariga ko`maklashish axborot – resurs markazlarining asosiy vazifasi ekanligini ta`kidladilar. Viloyat axborot – resurs markazi direktor o`rinbosari G. Saurova yozgi mavsumiy bolalar oromgohlarida o`tkazilayotgan tadbirlar haqida gapirdi. TATUning Urganch filiali ARM rahbari E. Avezov universitet kutubxonasidagi kitoblarning elektron nusxasi yaratilganligi, ulardan talabalar to`liq foydalanish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida aytdi. AKMning foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi mudiri Q. Ismoilova, Axborot – bibliografiya bo`limi mudiri M. Rahimova, Axborot texnologiyalari bo`limi mudiri D. Ruzmetovalar o`z ish tajribalari bilan o`rtoqlashdilar

12.06.2009

http://xorazmakm.zn.uz/wp-includes/js/tinymce/plugins/inlinepopups/images/spacer.gif“Milliy tarbiyada kino va kitobning beqiyos ahamiyati ” mavzusida Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazida davra suhbati o`tkazildi. X. Devonov nomidagi “Xorazmkabelkinoprokatservis” mas`uliyati cheklangan jamiyati kino jurnalisti M. Xolmurodova davra suhbatini ochib, tarbiya – shaxs ongini jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni ekanligini aytdi. O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo`limi mas`ul kotibi E. Madrahimov yosh avlodni ma`naviy yuksalishida kino va kitobning o`rni katta ekanligi haqida gapirdi. Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazining direktori R. Qurbonov, publitsist, dramaturg N. Sapaev, shoir, dramaturg M. Abdulhakimov, O`zbekiston “Adolat” sosial – demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi raisi N. Eshmetovlar yoshlarning milliy tarbiyasini shakllantirishda ajdodlarimiz urf – odatlari va boy merosini, milliy madaniyati va ma`naviyatini, milliy g`ururini tiklashda, o`z – o`zini anglash, vatanparvarlik ruhini uyg`otish va mustahkamlashda kino va kitobning beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ta`kidladilar.

02.06.2009

26 iyun Butunjahon giyohvandlikga qarshi kurash kuniga bag`ishlangan “Shirin hayotga zahar qo`shilmasin” degan uchrashuv AKMda bo`lib o`tdi. Xorazm viloyot prokuraturasi prokuror katta yordamchisi R. Yusupova, viloyot Adliya boshqarmasi xodimi Sh Sodiqov, IIB tergovchisi B. Qalandarov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyoti kengashi bo`lim mudiri Sh. Karimov, “Interbilim” o`quv markazi direktori R. Masharipovalar uchrashuvda o`z ma`ruzalari bilan qatnashdilar. Giyohvandlik balosi butundunyo muammosiga aylangan. Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish va uning salbiy oqibatlari to`grisida keng fikr yuritildi. Giyohvandlik haqidagi videolavhalar namoyish qilindi.

Published in:1 |on Iyun 17th, 2009 |No Comments »