Archive for May, 2009

19.05.2009

AKMda iste`dodli shoir, jurnalist Jumaboy Matyoqubov tavalludining 60 – yilligiga bag`ishlangan kecha bo`lib o`tdi. Kechada Urganch Neft va Gaz sanoati kasb – hunar kolleji talabalari ishtirik qildilar. Shoir Oshiq Erkin kechani ochar ekan, Jumaboy Matyoqubovning jurnalistika sohasida qilgan ko`p yillik mehnatlari hamda adabiyotda tutgan o`rni haqida gapirib o`tdi. Kechada ishtirok qilgan “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri I. Ollaberganov, “Xorazm haqiqati” gazetasi xodimi O` Polvonov, UrDU katta o`qituvchisi A. Ahmedoblar hayoti va ijodiy faoliyati to`g`risida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdilar, she`rlaridan parchalar o`qidilar.

17.05.2009

O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirliklarining 2007 yil 24 oktyabrdagi № 01-8/3127 sonli qaroriga muvofiq Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi viloyatdagi harbiy garnizon kutubxonalari bilan bir qator tadbirlar rejasini islab chiqdi. Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashi Xorazm viloyat bo`limi, serjantlar tayyorlash maktabi va harbiy qismlar bilan birgalikda 2009 yil 17 may kuni AKMda “Eng yaxshi kitobxon” ko`rik – tanlovini o`tkazdi. Unda harbiy xizmatdagi askar va kursantlar qatnashdilar. Tanlov nizomiga muvofiq, qatnashchilarga beshta topshiriq berildi: kitobxonlar formulyarini himoya qilish (“Mening sevimli kitoblarim” nomli kitob ko`rgazmasigagi kitoblarni sharhlash), “Tarix bilimdonlari”, “Qiziqarli savollar” topshiriqlariga binoan ilmiy – ta`lim, san`at, madaniyat va tarix sohalari bo`yicha qatnashchilar o`z bilimlarini namoyon qildilar. So`ngra qatnashchilar “XX-XXI asr yozuvchi va shoirlari” mavzusi bo`yicha berilgan savollarga javob berdilar. Ko`rik – tanlovning yakunlovchi qismida “Erkin mavzu”da qatnashchilar o`z iqtidorlarini ko`rsatdilar: tanlov qatnashchilari she`rlar o`qib, raqs va qo`shiqlar ijro etdilar. Serjantlar tayyorlash maktabining kursanti Dehqanov Behruz “Andijon polkasi”ga raqsga tushganida butun zal tik turib olqishladi, Karimov Erkin qo`l kurashi bo`yicha o`z san`atini mohirona namoyish qildi. Askar Saidov Akbar qo`shiq ijro etib berdi. Ko`rik – tanlovning g`oliblari: 1- o`rin Ostanoqulov Zarif,
2 – o`rin Jabborov Shukrullo, 3 – o`rin Saidov Akbar va Karimov Erkinlarga nasib qildi. Ko`rik – tanlov g`oliblari va qatnashchilariga fahriy yorliq va mukofotlar topshildi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashi Xorazm viloyat bo`limi ham ko`rik – tanlov g`oliblari va qatnashchilariga fahriy yorliqlar berdi. Urganch shahridagi K. Ataniyozov nomli № 1 san`at maktabi o`quvchilari o`z san`atlarini bilan ko`rik – tanloviga ko`rk bag`ishladilar.

07.05.2009

Respublika aloqachilarining kasb bayrami 7 may arafasida Aloqa va axborotlashtirish tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining “Mohir aloqachi” fahriy unvoni bilan taqdirlandilar. Viloyat Axborot – kutubxona markazi o`lkashunoslik axborot sektori mudiri N. V. Tsoy ham bu sharafli unvonga sazovor bo`ldi. Axborot – kutubxona markazi direktori R. S. Qurbanov N. V. Tsoyni ushbu unvon bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga mufaqqiyat tiladi.

06.05.2009

2009 yil 6 may kuni Xorazm Viloyat Axborot – kutubxona markazida “Milliy tiklanish” Xalq demokratik partiyasi Xorazm Viloyat kengashi raisi Baxtiyor Ibragimov Viloyat AKM xodimlari bilan uchrashuv o`tkazib, partiyani shu kundagi faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi. Uchrashuv qiziqarli savol – javoblar asosida o`tkazildi.

Published in:1 |on May 14th, 2009 |No Comments »