Archive for Aprel, 2009

24.04.2009

2009 yil 24 aprel kuni Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli kitobi bo`yicha seminar – mashg`ulot o`tkazildi. Seminar – mashg`ulotga Fuqarolik lamiyatini o`rganish instituti Xorazm mintaqaviy axborot – tahlil markazi rahbari, iqtisod fanlari doktori, professor B. Ro`zmetov va FJO`I Xorazm MATM bosh ilmiy xodimi M. Bekchanov taklif qilindilar. B. Ro`zmetov Islom Abdug`anievich Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli kitobi haqida batafsil gapirib, kitobda bayon qilingan masalalarga chuqur yondashdi. Kitob ikki qismdan iborat bo`lib: birinchisi – jahon moliyaviy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo`lgan omillar; ikkinchisi – bank tizimini qo`llab – quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash, innovasion texnologiyalarni keng joriy etish – O`zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo`lidir. Seminar – mashg`uiotda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov kitobining taqdimoti degan kitob ko`rgazmasi tashkil qilinib, unga kitobning o`zi va kitob maketi, kitobdan ba`zi lavhalar qo`yildi. 

23.04.2009

2009 yil 23 aprel kuni Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida AKM xodimlari uchun “Axborot – bibliografiya bilimlarini yangi usullarini targ`ibot qilish” nomli seminar – suhbat bo`lib o`tdi. Viloyat AKM ilmiy – metodika bo`limi mudiri S. Imamutdinova va Axborot – bibliografiya bo`limi mudiri M. Rahimovalar O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan nashr qilingan “Kutubxona Uz” jurnalining ilk soni bilan tanishtirdilar. Axborot – bibliografiya bo`limi mudiri M. Rahimova AKMda axborot – bibliografiya apparati to`g`risida gapirdi. Huquqiy axborot sektori mudiri Z. Masharipova “Axborot izlash tizimi u huquqiy bilimlaringizni oshirishga xizmat qiladi” mavzusida ma`ruza qildi. AKMning yosh xodimlari bibliografik bilimlarni egallashlari ushun seminar – suhbatda axborot – bibliografiya apparatining faoliyati keng ochib berildi.

18.04.2009

AKMning foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi hamda o`lkashunoslik axborot sektori “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”ga bag`ishlab yosh tadbirkorlar bilan “Tadbirkorlik – omad kaliti” mavzusida uchrashuv o`tkazdi. Tadbirga kichik va xususiy korxonalarning rahbarlari va xizmatchilari, viloyat statistika bashqarmasining xodimlari taklif etildi. Tadbirkor – bu tashabbuskor, o`z faoliyatida mufaqqiyatga erishish istagida bo`lgan shaxsdir, uning asosida o`ziga, oilasiga va jamiyatga foyda keltirish birinchi o`rinni egallaydi. “Diyor – dizayn Grupp” korxonasi directori, xususiy tadbirkor A. O`tamuratov o`z ish tajribasi hamda kelajakdagi rejalari haqida uchrashuv ishtirokchilari bilan o`rtoqlashdi. Bo`lg`usi tadbirkor E. Otajonov tadbirkorlik faoliyati bilan kelajagi buyuk O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga o`zining munosib hissasini qo`shish niyatida ekanligini aytdi. Ko`rgazmaga qo`yilgan adabiyotlarni foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limining mudiri Q. Ismoilova sharhladi.

18.04.2009

Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazida “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” munosabati bilan 15 apreldan 18 aprelgacha tadbirkorlar uchun “Axborot kunlari” tashkil etildi. Tadbirga kichik va xususiy korxonalarning rahbarlari va xizmatchilari, viloyat statistika bashqarmasining xodimlari taklif etildi. “Tadbirkorlarga yordam” rubrikasi ostida sanoat, transport va qishloq xo`jaligi iqtisodiga oid kitoblar, jurnal va gazetalar taqdim etildi. Adabiyotlar sharhi o`tkazildi, videoroliklar namoyish qilindi, o`lkashunoslik axborot sektorining electron resurslari bilan tanishtirildi.

17.04.2009

Xorazm viloyat axborot – kutubxona markazida Shovot tumani axborot – resurs markazining direktori Ibrohim Xo`jaevni 60 yoshga to`lganligi munosabati bilan ushrashuv uyushtirildi. Axborot – kutubxona markazi direktori R. S. Qurbonov Ibrohim Xo`jaevni muborak yoshi bilan tabrikladi.40 yillik ish tajribasiga ega bo`lgan Ibrohim aka kutubxonachilik sohasida samarali mehnat qilib, o`z kasbining chinakam fidoyisiga aylandi. Ibrohim aka hanuzgacha kutubxonachilik sohasining sir – asrorlarini yosh xodimlarga o`rgatib kelmoqda. AKM director o`rinbosari E. R. Xamidullina va kutubxonachilar G.Tuxvatullina, S. Imamutdinova, Q. Ismoilovalar ham ustozni tabarruk yoshi bilan qutladilar va samimiy tilaklarni bildirdilar. Ushrashuv yakunida AKM direktori R. S. Qurbonov Ibrohim akaga chopon va do`ppi kiygizdi.

09.04.2009

2009 yil 9 aprel kuni AKMda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 673 yilligi munosabati bilan uchrashuv o`tkazildi. Xorazm viloyat AKM director o`rinbosari E. R. Xamidullina tadbirni ochib, so`zni Xorazm viloyat Neft va Gaz sanoati kasb hunar kollejining ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha director o`rinbosari Izzat Yusupovga berdi. U Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo`linganligi haqida gapirdi. Birinchi davr 1360 – 1385 yillarni o`z ichiga olgan bo`ib, Movarounnahrda Mo`g`ul xonligidan mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish yo`lida kurashdi. Ikkinchi davr 1386 – 1402 yillar bo`lib, uch yillik, besh yillik, etti yillik harbiy yurishlar deb ataladi. So`ngra, Matniyozov A. so`zga chiqib, Amir Temur o`z zamonasining qudratli hukmdori, harbiy salohiyati kuchli sarkarda bo`lganligi, uning harbiy san`ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o`z davrining nodir mo`jisasi ekanligi haqida gapirdi . Amir Temur qator Sharq mamlakatlari hamda Ovrupo bilan diplomatic aloqalarni o`rnatgan. XIV asr oxiri – XV asrlarda Movarounnahrni turli mamlakatlar bilan muhim ijtimoiy – iqtisodiy va ayrim hollarda siyosiy va harbiy ahamiyatga ega bo`lgan yo`llar bog`lagan.

03.04.2009

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 6 martdagi farmoyishiga asosan mamlakatimizda 15 martdan 15 aprelgacha “Harakat xavfsizligi” oyligi deb e`lon qilindi. Shu munosabat bilan 2009 yil 3 aprel kuni AKMda “Yo`l harakati xavfsizligi – hayot kafolati” mavzusida IIB xodimlari bilan talaba yoshlar o`rtasida uchrashuv uyushtirildi. Uchrashuvni AKM director o`rinbosari E.R. Xamidullina ochdi va so`zni Ichki ishlar boshqarmasining yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Botir Aminovich Atamuratovga berdi. Botir Aminovich “Harakat xavfsizligi” oyligini o`tkazish yuzasidan viloyat komissiyasi tuzilganligi, komissiya zimmasiga oylikni samarali o`tkazish tadbirlarini ishlab chiqish, yo`l harakati qoidalari bo`yicha mashg`ulotlar o`tkaziladigan joylarni barpo etish yuklatilganligi haqida aytdi. Oylikni o`tkazishning maqsadi keng jamoatchilikni jalb qilgan holda yo`l harakati transporti hodisalarining oldini olish, transport va piyodalar, jumladan, bolalar harakati serqatnov yo`llarni va joylarni belgilash, ylarni ko`rikdan o`tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish ychun unga qarshi chora – tadbirlarini qo`llash, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash chora – tadbirlarining samaradorligini oshirishga qaratilganligini aytdi. Xorazm viloyatida 106000 transport yo`lga harakatlanadi. 2009 yilning 1 chorakida transport soni 3000 ga ko`paydi. “Harakat xavfsizligi” oyligiga IIB xodimlaridan 2000 nafari jalb qilingan. “Harakat xavfsizligi” oyligiga bag`ishlab shaharda plakat va afishalar chiqarilgan. Yo`l patrullari o`rniga maxsus dasturlar asosida kameralar qo`yilishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakunida B. A. Atamuratov talaba yoshlarni ehtiyot bo`lishga, yo`l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Published in:1 |on Aprel 9th, 2009 |No Comments »