Archive for Mart, 2009

16.03.2009

Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazida Fuqarolik lamiyatini o`rganish instituti Xorazm mintaqaviy axborot-tahlil markazi “Ayollarning siyosiy madaniyatini oshirish – davr talabi” mavzusida davra suhbatini o`tkazdi. Davra suhbati ishtirokchilari siyosiy partiyalar “Ayollar qanoti” faollari, viloyat Ma`naviyat targ`ibot markazi, ayollar muammolari bilan shug`ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV vakillari, FJO`I Xorazm mintaqaviy axborot-tahlil markazi xodimlari, “Kamolot” YOIH viloyat Kengashi vakillaridir. Davra suhbatida quyidagi masalalar bo`yicha ma`ruzalar o`qildi: “O`zbekistonda saylov qonunchiligidagi o`zgarishlar”, “O`zbekistonda siyosiy jarayonlarda ayollar ishtiroki”, “Ayollar siyosiy madaniyatini oshirish imkoniyatlari”.

07.03.2009

Xorazm viloyati Axborot-kutubxona markazi xodimlari Xorazm viloyat Aloqa va axborotlashtirish agentligiga qarashli tashkilot, muassasa, korxona va filiallarining ayol jamoalari o`rtasida o`tkazilgan 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagishlangan voleybol musobaqasida qatnashdilar. Musobaqada “Xorazm telekom” filiali, “O`zbekiston pochtasi” OAJ Xorazm filiali, “Matbuot tarqatuvchi” ShK, TATUning Urganch filiali bilan bellashdilar. Xorazm viloyati Aloqa va axborotlashtirish agentligining birlashgan kasaba uyushma qo`mitasi raisi Z. Bobojonova barcha ayollarni 8 – mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabrikladi va musobaqa ishtirokchilariga qimmatbaho sovg`alar topshirdi.

 04.03.2009

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov 2009 yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili deb e`lon qildi. Shu munosabat bilan 2009 yil 4 mart kuni Axborot – kutubxona markazida “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida – ayollarning jamiyatdagi o`rni ” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatini Z. Masharipova olib bordi. AKM kutubxona ishi bo`yicha director o`rinbosari E. R. Xamidullina tadbirni ochib berdi va ayollarni kelayotgan 8-mart bayrami bilan tabrikladi. Tadbirkor ayollarning ishlariga mufaqqiyotlar tiladi. O`zbekiston fermer xo`jalikrai uyushmasi qoshidagi Tashabbuskor ayol markazi Xorazm viloyat bo`lim boshlig`i M. Bekchanova qishloq ayollari tadbirkorlik bilan shugullanishlari uchun yaratilgan shart – sharoitlar, fermer ayollarga berilgan imtiyozlar haqida gapirdi. Notijorat nodavlat tashkilot “Inter-bilim” markazi directori R. Masharipova ularning markazi tadbirkor ayollarni qo`llab – quvvatlayotganligi haqida aytdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyat bo`limi mudiri M. Ochilova kichik biznesni rivojlantirish o`quv markazlari taskil qilinganligini, tadbirkor ayollar uchun seminar – treninglar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar uyushtirilayotganligi haqida aytdi. Bugungi kunda ayollar sartaroshxona, tikuvchilik va konditer stexlari ochayotganliklari, parrandachilik, asalarichilik va qoramolchilik ishlari bilan shugullanayotganliklari haqida gapirdi. Fuqarolik lamiyatini o`rganish instituti katta ilmiy xodimi M. Bekchanov ayollarni ish bilan ta`minlash maqsadida “Kichik va o`rta tadbirkorlik” ishlari bo`yicha grantlar ishlab chiqilganligi, unga asosan tadbirkor ayollarga foizsiz minikreditlar berillishi, asbob-uskunalar sotib-olib, na faqat o`zlarini, balki yoshlarni ham ish bilan ta`minlayotganliklari haqida gapirdi. Tadbir so`nggida AKM kutubxonachisi kitob ko`rgazmasidagi kitoblarni shahladi. AKM va O`lkashunoslik axborot sektorinig kichik muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Published in:1 |on Mart 7th, 2009 |No Comments »