Archive for Fevral, 2009

20.02.2009

O`zbekiston Respublikasining 17.04.2008 yil 154- sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risida” gi qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to`g`risida” 2008 yil 8 iyuldagi PK – 911 sonli qaroriga asosan “Odam qadri – dunyo muammosi” mavzusida 2009 yil 20 fevral kuni Xorazm viloyat AKMda davra suhbati o`tkazildi. Tadbirni AKM kutubxona ishi bo`yicha director o`rinbosari E.R. Xamidullina ochdi. Davra suhbatini Huquq axborot sektori mudiri Z. Masharipova olib bordi. Xorazm viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurash bo`limi katta inspektori M. Ochilov yuqoridagi qonun ijrosini ta`minlash maqsadida reja ishlab chiqilganligini va shu reja asosida odam savdosiga qarshi kurash bo`yicha bir qancha ishlar amalga oshirilganligi haqida gapirib berdi. Xorazm viloyat prokuraturasi prokurorining katta yordamchisi R. Yusupova o`z ma`ruzasida odam savdosiga qarshi kurash bo`yicha qilinayotgan ishlarga oid bir qancha misollarni keltirib o`tdi. Fuqarolik jamiyatini o`rganish instituti bosh ilmiy xodimi M.Bekchanov odam savdosi hozirgi kunda global mavzu ekanligi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 – moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasida inson huquqlari demokratik umuminsoniy printsiplarga asoslanishi, unga ko`ra inson hayotining erkinligi, sha`ni, qadr – qimmati oily qadriyat deb belgilab qo`yilganligi , Xalqaro ekspertlarning tadqiqotlariga ko`ra dunyoda har yili 2 mln 700 ming insonlar odam savdosining qurboniga aylanayotganligi haqida gapirib tadbir istirokchilarini hushyorlikka chaqirdi. Tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalarida aks ettirildi.

09.02.2009

2009 yil 9 fevral kuni 56261 – sonli harbiy qismda viloyat Axborot – kutubxona markazi bilan hamkorlikda Alisher Navoiyning 568 yilligiga bag`ishlab “Tafakkur mulkining sohibqironi” deb nomlangan adabiy kecha o`tkazildi. Kechani harbiy qism kapitani Sh Eshqobilov ochib berdi. Kechani harbiy qism kutubxonasining kutubxonachisi I. Iskandarova olib bordi. UrDU magistranti A. Matniyozov Alisher Navoiyning Sankt – Peterburgdan olib kelingan qo`lyozmalari bilan kecha qatnashchilarini tanishtirdi. AKM umumiy o`quv zali sektorining bosh kutubxonachisi N. Muratova Alisher Navoiy asarlarini sharhladi. AKM kutubxonachilari va harbiy qism askarlari Navoiyning g`azal va ruboiylaridan namunalar o`qidilar. Adabiy kechani harbiy qism mayori A. Nosirov o`z nutqi bilan yakunladi.

07.02.2009

O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2008 yil 18 dekabrdagi 349 – sonli buyrug`i bo`yicha Respublika Axborot – kutubxona markazining 2008 yil 23 dekabrdagi 77 – sonli buyrug`i va shu buyruq asosida tasdiqlangan uchrashuvlar jadvaliga binoan 2009 yil 7 fevralda TATUning Urganch filiali o`qituvchi – professorlar va talabalari istirokida o`tkazilgan uchrashuvda “O`zbekiston Axborot – kutubxona markazlarining holati” mavzusida ma`ruza qilib, Axborot – kutubxona tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlar to`g`risida keng ko`lamda axborot qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381 – sonli “Respublika aholisini Axborot – kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risida”gi qaroriga binoan, hozirgi kunda kutubxonachilik tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar butun axborot – kutubxona tashkilotlari faoliyatini hamma yo`nalishlarida amalga oshirilayotganligi, ularning tashkiliy tizilmasi qayta qurilib, zamon talablari darajasida axborot – kutubxona xizmati ko`rsatishga imkon tug`dirilganligi, o`tkazilayotgan islohotlar Axborot – kutubxona markazlarining ish faoliyatini qayta qurish, aholini zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangicha ish uslubi asosida sifatli xizmat ko`rsatish vazifalarini qo`yganligi, markazning ish uslublari va metodlari takomillahtirilayotganligi, uning moddiy bazasini yangilash va mustahkamlash jarayoni uzluksiz davom etayotganligi to`g`risida batafsil axborot berildi. Uchrashuv yakunida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga to`1liq javob berildi.

06.02.2009

2009 yil 6 fevral kuni Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi bo`lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 568 yilligiga bag`ishlab “Ma`naviyatimiz ulug` dahosi” deb nomlangan adabiy kecha o`tkazildi. Tadbirni viloyat Axborot – kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limining mudiri Q. Ismoilova ochib, buyuk shoirning asarlaridan namunalar o`qidi. So`ngra Kutubxonalararo abonement sectori mudiri Z. Ismoilova Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma`ruza o`qidi. Xorazm viloyat Neft va Gaz sanoati kasb – hunar kollejining ma`naviyat ishlari bo`yicha director o`rinbosari I. Yusupovga navbat berildi. U she`riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida gapirib, she`rlaridan parchalar o`qidi. UrDU magistranti A. Matniyozov Mir Alisher Navoiyning ulkan merosi haqida mushohada yuritib, qiziqarli ma`lumotlar bilan adabiy kecha ishtirokchilarini tanishtirdi, she`rlaridan parchalar o`qidi. Shundan keyin viloyat Neft va Gaz sanoati kasb – hunar kollejining talabalari Alisher Navoiy asarlaridan sahna ko`rinishlarini namoyish etdilar, she`rlaridan parchalar o`qidilar hamda Navoiy asarlarini sharhlab berdilar. Adabiy kecha qizikarli tarzda o`tib, kecha qatnashchilarida iliq taasurot qoldirdi.

Published in:1 |on Fevral 8th, 2009 |No Comments »