Archive for Yanvar, 2009

28.01.2009

2009 yil 28 yanvar kuni Xorazm viloyat AKMda viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan ko`zi ojizlar kutubxonasi mudirlarining ishtirokida “Lui Brayl” tavalludining 200 yilligiga bag`ishlab, davra – suhbati o`tkazildi. Ushbu davra-suhbatini Xorazm viloyat AKM direktori R. Qurbonov olib bordi. Viloyat AKM direktori R. Qurbonov o`z ma`ruzasida ushbu davra – suhbati viloyat ko`zi ojizlar kutubxonasi va AKMning 2009 yil ish rejasida ko`rsatilgan masala bo`yicha tashkil qilinganligi, bu davra – suhbati Lui Brayl tavalludining 200 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotganligi, ko`zi ojizlar kutubxonalari bilan amalga oshirilishi va qilinishi kerak ishlar haqida to`xtalib o`tdi. Xorazm viloyat AKM tomonidan maslahatlar berish, uslubiy qo`lanmalar tuzish yo`li bilan yordam ko`rsatish zarurligi, electron axborot vositalaridan foydalanish bo`yicha qo`llanmalar tayyorlash, Xorazm viloyat AKMda ko`zi ojizlar kutubxonasi xodimlarini malakasini oshirishni tashkil etish, reja bo`yicha ko`zi ojizlar kutubxonalariga tez-tez chiqishlar tashkil etish masalalari va boshqalar ustida batafsil to`xtalib o`tdilar. Xorazm viloyat ko`zi ojizlar kutubxonasi direktori F. Kushakova o`z ma`ruzasida ushbu davra – suhbati tashkil qilinishi borasida o`z minnatdorchiligini bildirib, ko`zi ojizlar kutubxonasi kelishilgan reja asosida o`tkaziladigan tadbirlar sonini yanada ko`paytirishga erishish haqida gapirib o`tdi. Davra – suhbatda Xonqa tuman ko`zi ojizlar kutubxonasi mudiri A. Sapaev, viloyat ko`zi ojizlar kutubxonasi ilmiy-metodika bo`limi mudiri A. Sultonovlar  o`z fikr-mulohazalari bilan qatnashdilar. Davra – suhbat nihoyasida o`zlarini qiziqtirgan savollarga to`liq javob oldilar.

23.01.2009

AKMning elektron kutubxonasida viloyat Axborot – kutubxona markazi yosh xodimlari uchun “Kutubxona va axborot sohasidagi islohotlar” nomli seminar – trening bo`ldi. Seminar – treningni AKMning kutubxona ishi bo`yicha direktor o`rinbosari E. R. Xamidullina ochdi. Ilmiy – metodika bo`limining mudiri S. V. Imamutdinova seminar – treningning maqsadi va vazifalari haqida gapirib, uning maqsadi kutubxona yosh xodimlarining malakasini oshirishga qaratilganligini aytdi. So`ngra AKMning axborot texnologiyalari bo`limining etakchi kutubxonachisi Z. Xojiniyozova AKMning elektron kutubxonasi bilan yosh xodimlarni tanishtirdi. Seminar – treningda quyidagi masalalar ko`rildi: “Elektron kutubxonaning asosiy vazifasi va yo`nalishlari”; “Axborot texnologiyalarining kutubxonada qo`llanilishi”; “Asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”; “Axborot – kutubxona muassasalarining Web-saytini yaratish”; “To`liq matnli ma`lumotlar bazasining yaratilishi”; “Kutubxonalarda On-line kirishning boshqarilishi”; “On-line ma`lumotlar bazasi”; “Internet va foydalanuvchi”. Seminar – trening qiziqarli tarzda o`tdi. Seminar – trening qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni oldilar. Seminar – treningni AKMning kutubxona ishi bo`yicha direktor o`rinbosari E. R. Xamidullina o`z nutqi bilan yakunladi. Seminar – trening ommaviy axborot vositasi bo`lmish “[S]IQBOL” telekanalida ham yoritildi.

 

22.01.2009

O`zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova G`. G`ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi tomonidan 2002 yilda nashr qilingan “Tanovar”raqsi jilolari” kitobini AKMga sovg`a qildi.

20.01.2009

2009 yil 20 yanvar kuni tarix fanlari nomzodi, dostent, mehnat faxriysi Otamurod Qo`shjonov Xorazm Ma`mun akademiyasi nashriyoti tomonidan 2008 yilda nashr qilingan o`zining “Xiva xonligi Turkmanlari: (Tarixiy lavhalar risolasi)” kitobini AKMga sovg`a qildi. 2008 yil 12 fevralda ham Xorazm nashriyoti tomonidan 2007 yilda nashr qilingan “Buyuk Xorazmshohlar davlati davrida Xorazm” va 2007 yil Toshkentda nashr qilingan “Xorazmdagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar va harakatlar” kitoblarini AKMga sovg`a qilgan edi. Otamurod Qo`shjonov 1921 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida tavallud topgan. O`rta Osiyo Davlat Universitetining tarix fakultetida tahsil olgan va 30 yil Oliy o`quv yurtlarida dars bergan. Ilmiy faoliyati O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutidan boshlangan.

14.01.2009
 Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazida 14 yanvar – Vatan himiyachulari kuniga bag`ishlab “Mustaqil yurtimizning ishonchli himoyachilari” deb nomlangan kecha bo`lib o`tdi. Kechani foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi mudiri Q. Ismoilova olib bordi. Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi direktor o`rinbosari E. R. Xamidullina kechani ochib berdi, kecha ishtirokchilari bo`lmish Cerjantlar tayyorlash maktabining leytenantlari E. Toshtemirov, O`Ashrapov, A. Gadoev hamda 30 nafar tarbiyalanuvchilarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularning tanlagan kasblarini ulug`lab, ishlariga muvafaqqiyat tiladi. Umumiy o`quv zali sektor mudiri Yo. Jumaniyozova “Mustaqil yurtimizning ishonchli himoyachilari” mavzusida ma`ruza o`qidi va qatnashchilarni tabrikladi. Keyin so`z navbati Serjantlar tayyorlash maktabining leytenanti E. Toshtemirovga berildi. U o`zi ishlayotgan Serjantlar tayyorlash maktabidagi tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, ular uchun mo`ljallangan komp`yuter xonasi va zamonaviy qurilmalar to`g`risida gapirib o`tdi. Shundan keyin O`Ashrapov va A. Gadoevlar O`zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlariga oid qonunlari haqida gapirdilar. Tadbir so`ngida Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimlari o`zlari tayyorlagan sovg`alarni mehmonlarga ulashdilar.

12.01.2009

2009 yil 12 yanvar kuni AKMda Axborot-bibliografiya bo`limining o`lkashunoslik axborot sektori hamda ilmiy-uslubiy bo`lim bilan birgalikda “O`lkashunoslikka oid ishlarning yangi usullari” mavzusida AKM xodimlari uchun seminar-suhbat o`tkazdi. Seminarni AKMning kutubxona ishi bo`yicha direktor o`rinbosari E. R. Xamidullina ochib berdi. Ilmiy-uslubiy bo`lim mudiri S. V. Imamutdinova kirish so`zi bilan so`zga chiqdi. Seminarda quyidagi mavzular tinglandi: O`lkashunoslik axborot sektotining asosiy yo`nalishlari va vazifasi; Ma`lumot-bibliografiya apparatini tashkil qilish va foydalanish; O`lkashunoslik mavzusida og`zaki va yo`zma so`rovlarni bajarish. O`lkashunoslik ishiga oid yangi shakl va usullar haqida seminar qatnashchilari bilan suhbat o`tkazildi, o`lkashunoslik axborot sektori haqida videoroliklar namoyish qilindi. Seminarni o`lkashunoslik axborot sektorining mudiri N. V. Stoy olib bordi.

Published in:1 |on Yanvar 15th, 2009 |No Comments »