Archive for Dekabr, 2008

 31.12.2008

2008 yil 31 dekabr kuni O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va Respublika Axborot-kurubxona markazi tomonidan Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimlariga bayram sovg`asi sifatida kungaboqar yog`i va shakar berildi.

16.12.2008

 AKM da 16 dekabr kuni AKM ning o`lkashunoslik axborot sektori hamda “Kelajak ovozi” yoshlar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Nima? Qachon? Qaerda?” o`yini bo`lib o`tdi. Navbatdagi o`yinda Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabalari qatnashdilar. “Lochin” va “Burgut” guruhlarining o`zaro bellashuv natijalari “Lochin” guruhi hisobiga hal bo`ldi.

11.12.2008

 Xorazm viloyat AKM iga berilgan “Damas” rusumidagi avtomashina orqali viloyat markazidan 50-100 km uzoqlikda joylashgan Xozarasp, Gurlan, Shovot tumanlaridagi ARM larga namunali xizmat ko`rsatildi.  Dekabr oyining 2-3 o`n kunligida viloyat markazidan 250 km uzoqlikda joylashgan Tuproqqa`la massividagi Tuproqqa`la qishloq xo`jaligi kasb-hunar kolleji hamda 10-son maktabidagi ARM larga madaniy xizmat ko`rsatish rejalashtirilgan.

09.12.2008

Axborot-kutubxona markazida Qurbon hayitini nishonlashga bagishlangan “Dillarni nurafshon aylagan bayram” nomli ushrashuv-suhbat o`tkazildi. Uchrashuv-suhbat ishtirokchilari Qurbon hayiti bayramining afzalliklari haqida o`zaro fikr almashdilar. Bu ushrashuv-suhbatda “Xotin-qizlar huquqlari-himoyada” mavzusida ham so`z yuritildi. Notijorat Nodavlat tashkiloti “Avlod istiqboli” rahbari Matkarimova Salomat “Insonlar savdosi muammosi va uni oldini olish” hamda O`zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi 154-sonli “Odam savdosiga Qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni haqida gapirib berdi.

05.12.2008

                                       AKM da O`zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 16-yilligiga bagishlab “Konstitustiya – mening qomusim” nomli kecha o`tkazildi. Kechada O`zbekiston Aloqa Axborotlashtirish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi boshlig`i F.K. Yangiboev, Axborot-kutubxona direktori R.S. Qurbonov, Fuqarolik jamiyatini o`rganish instituti Xorazm filiali etakchi ilmiy xodimi M. Bekchanov, Fuqarolik jamiyatini o`rganish instituti Xorazm filiali ilmiy xodimi O.Pirmetov, Fuqarolik jamiyatini o`rganish instituti Xorazm filiali ilmiy xodimi R. Ahmedovlar so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining har bir bobi va moddasini alohida sharhlab o`tdilar.

28.11.2008

                                      Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazida 28 noyabr kuni “Davosiz dardning oldini olaylik!” mavzusida uchrashuv-suhbat bo`lib o`tdi. Uchrashuvda viloyat bo`limining “Salomatlik markazi” bosh shifokori G. S. Salixova, “Spid-markazi” shifokor-epidemiologi Z. Qo`chqarova, epidemiologiya markazining xodimi M. Saipovalar so`zga chiqdilar. Uchrashuvga Neft va Gaz sanoati kasb-hunar kolleji talabalari taklif etildi. Uchrashuvni AKM Axborot-bibliografiya bo`limining o`lkashunoslik axborot sektori hamda Yoshlar bilan ma`naviy va ma`rifiy ishlar olib borish sektori tashkil qildi.

21.11.2008

                                        Axborot-kutubxona markazida o`tkazilgan “Inson huquqlarini himoya qilish” masalalariga bag`ishlangan uchrashuvda hokimiyat organlarining hamda jamoat tashkilotlarining vakillari bilan kollej talabalari uchrashdilar. Uchrashuvni AKM direktori Rahimboy Sobirovich Qurbanov ochib, quyidagi so`zlarni aytdi.:”Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga katta e`tibor qaratgan holda, Axborot-kutubxona markazida 2008 yildan boshlab Huquq axborot sektori faoliyat yuritmoqda”. Uchrashuvda so`zga chiqqanlar Ichki ishlar organlarining xodimi R. Eshchanov, viloyat yustistiyasidan Sh. Sadiqov, Fuqarolik jamiyatini o`rganish instituti Xorazm filiali etakchi ilmiy xodimi M. Bekchanov, Xorazm viloyat xotin-qizlar axborot-ta`lim markazining “Avlod istiqboli” lektori F. Saparovalar Inson huquqlarini himoya qilish borasida ko`p ishlar amalga oshirilayotganligi to`g`risida gapirdilar. Sanoat va qurilish sohalarida yangi ish joylari yaratilmoqda. Mutaxasislar tayyorlash uchun yangi o`quv yurtlari ochilmoqda. Kichik va o`rta biznesda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Yigit va qizlarga kasb tanlash bo`yicha keng imkoniyatlar berilmoqda. Uchrashuv ishtirokchilari o`zaro fikr almashdilar, “Inson huquqi-oliy qadr” kitob ko`rgazmasi bilan tanishdilar. AKM xodimlari Q. Ismoilova va Z. Masharipovalar ko`rgazmadagi kitoblarni sharhladilar.

14.11.2008

                                                     

AKM da suratlar galereyasi bilan hamkorlikda Xorazm rassomlari P. Kichko va X. Rahimovlarning “Xorazm tasviriy sa`nati” nomli rasmlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Ko`rgazmaga jamoat tashkilotlarining vakillari, o`qituvchi va o`quvchilar taklif etildi. 

    AKM da Xopazm viloyat hokimligi, Respublika matbuot va axborot  agentligi hamda AKM tomonidan tashkil etilgan ilmiy-metodik qo`llanmalar va darsliklarning maxsuslashtirilgan ko`rgazma-yarmarkasi o`tkazildi. O`zbekistonning yirik nashriyotlaridan “Cho`lpon”, “O`qituvchi”, “Sharq”, “Yangi asr avlodi”, “O`zbekiston milliy enstiklopediyasi”   o`zlarining nashlarini yarmarkaga taqdim qildilar. Informatika va kommunikastiya texnologiyalari, falsafa asoslari, o`zbek filologiyasi, tilshunoslik va Vatan tarixiga oid yangi darsliklar alohida qiziqish uyg`otdi. Ko`rgazmada o`zbek tilidagi darsliklar bilan bir qatorda qo`shni davlatlar tillaridagi darsliklar ham taqdim qilindi.

Published in:1 |on Dekabr 11th, 2008 |No Comments »