Archive for Avgust, 2008

20.08.2008

Urganch shahridagi Xalq ta`limiga qarashli 9-sonli maktabning Axborot resurs markazida ARM xodimlari uchun “Zamonaviy sharoitda axborot-resurs markazlarining faoliyati” mavzusida viloyat hududlararo seminar-treningi bo`lib o`tdi. Xorazm viloyat Xalq ta`limi boshqarmasining bosh mutaxassisi S. Rajapov seminar-treningni ochib, uning maqsadi va vazifasi to`g`risida qisqacha bayon qilib o`tdi. Xorazm  viloyat Axborot-kutubxona markazi direktor o`rinbosari E. Xamidullina:-“ARM larning zamonaviy sharoitdagi ish faoliyatlarini yanada takomillashtirish, ARM xodimlarining malakasini oshirish maqsadida viloyat Axborot-kutubxona markazi va viloyat xalq ta`limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu seminar-trening tashkillashtirildi,”- dedi. Viloyat matbuot xizmati ko`rsatish rahbari Z. Ruzmetova O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch” asarini o`rganish va targ`ib qilish maqsadida asarning har bir bobini to`liq sharhlab o`tdi. Resurs markazlarida bu asar bo`yicha alohida ko`rgazma tashkil qilinib, asarni keng targ`ibot qilish lozimligini aytdi. Yangibozor tumani ARM rahbari O. Bekmetov “IRBIS” tizimi asosida tuman resurs markazida ishlar olib borilayatganligi haqida gapirdi.

Viloyat Axborot-kutubxona markazining elektron o`quv zali sektor mudiri G. Ibragimova “ZiyoNet – tarmog`i axborot olamining muloqot vositasi” mavzusida  ma`ruza qildi. Axborot-kutubxona markazining axborot texnologiyalari bo`limi mudiri D. Ruzmetova “AKM va ARM larda Web-sahifaning yaratilishi” mavzusida ma`ruza qildi hamda Web-sahifaning tuzilishi bo`yicha amaliy mashg`ulot o`tkazdi. Seminar-trening yakunida Axborot-kutubxona va axborot resurs markazlarida innovastiya jarayonlarini tadbiq etish bo`yicha Axborot-kutubxona markazi ilmiy-uslubiy bo`limi mudiri S. Imomutdinova yangi uslubiy qo`llanmalarni taqdim qildi.

Published in:1 |on Avgust 26th, 2008 |No Comments »