Archive for Iyul, 2008

17.07.2008

Axborot kutubxona markazi Umumiy o`quv xonasida O`zbekistonning atoqli olimi, shoir va dramaturg Abdulla Avloniy tavalludining 190 yilligi munosabati bilan “Istiqboldan orzularim” mavzuida davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda kitobxonlar ishtirok qildilar. Davra suhbatiga ma`naviyat targ`ibot bo`limining mutaxassislari taklif etildi. A. Matniyozov A. Avloniyning “Turkiy Guliston yohud axloq” kitobining mazmuni haqida tadbir ishtirokchilariga gapirib berdi. M. Xolmuratova “Yaxshilik erda qolmas” hikoyasidagi do`stlik, birodarlik, hamkorlik, ezgu xislatlar to`g`risida fikr yuritdi.

23.07.2008

“Zamonaviy sharoitda axborot-rezurs markazlarining faoliyati” mavzusida Axborot resurs markazlari xodimlari uchun hududlararo Viloyat seminar-treningi o`tkazildi. Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazi direktorining o`rinbosari E. Xamidullina o`z chiqishida: “Yosh avlodni tarbiyalashda zamonaviy axborot tehnologiyalaridan foydalangan holda axborot resurslariga to`la portallarga kirishni ta`minlash ularning ta`lim olishi va ijodiy o`sishida katta imkoniyatlar yaratadi”-deb aytdi.    Seminarda Xorazm viloyat kasb-hunar ta`limi boshqarmasi bosh mutaxassisi U. Karimov Prezidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch” asarini o`rganish va targib qilish maqsadida har bir bobiga alohida to`xtalib o`tdi. Axborot-kutubxona markazi Elektron o`quv xonasi sektori mudiri G. Ibragimova “ZiyiNet tarmog`i-axborot olamining muloqot vositasi” mavzuida ma`ruza qildi. AKM mutaxassisi D. Ruzmetova “AKM va ARM larda Web – sahifaning yaratilishi” mavzusida ma`ruza qildi hamda Web – sahifaning yaratilishi bo`yicha seminar-trening qatnashchilariga amaliy mashg`ulot o`tkazdi.

Published in:1 |on Iyul 26th, 2008 |No Comments »

27.05.2008

“Zamonaviy texnologiyalar va elektron resurslar” mavzuida Axborot resurs markazlari xodimlari uchun Viloyat seminar-treningi o`tkazildi. Axborot kutubxona markazi direktori R. Qurbanov: “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risuda”gi 2006 yil 20 iyundagi  qarori kutubxonachilik sohasida islohot o`tkazishda asos bo`ldi. Zamon talablarini hisobga olgan holda kutubxona tarmog`ini takomillashtirish, o`sib kelayotgan yosh avlodni intelektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy-ma`naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan yangi axborot markazlarini barpo etishdan iborat, barcha kutubxonalar komp`yuter texnologiyalari bilan ta`minlanib, ichki va tashqi elektron resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish ko`zda tutilgan”,-deb Viloyat AKM va ARM larda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish, ARM rahbarlarini malakasini oshirish maqsadida o`tkazilayotgan seminar-treningni kirish so`zi bilan ochib berdi. Axborot kutubxona markazi elektron o`quv xonasi sektori mudiri G. Ibragimova: “Foydalanuvchilarga ZiyoNet axborot tarmog`idan to`liq foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish” mavzuida ma`ruza qildi. AKM mutaxasisi D. Ruzmetova “IRBIS  tizimini kutubxonalarga tadbiq qilish” mavzuida ma`ruza qildi hamda amaliy mashg`uiot o`tkazdi.

Published in:1 |on Iyul 8th, 2008 |No Comments »