Bo`limlar

Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi

Umumiy o`quv zali sektori

Umumiy o`quv xonasi keng kitobxonlar qatlamiga kutubxonachilik xizmatini ko`rsatadi. Umumiy o`quv xonasining fondi turli bilim sohalarini o`zida mujassamlashtirgan. Umumiy o`quv xonasida yil davomida kitob ko`rgazmalari, tadbirlar, adabiy kechalar, she`rxonlik kechalari, davra suhbatlari o`tkaziladi. Yangi kelgan adabiyotlar targ`iboti o`tkazilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etiladi. Umumiy o`quv xonasining foydalanuvchilari ishchilar, tibbiyot xodimlari, madaniyat xodimlari, o`qituvchilar, injener texnik xodimlar, nafaqaho`rlar, davlat xodimlari, xizmatchilar hamda ilmiy xodimlardir. Bepul xizmatlar: O`quv xonasida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish. Foydalanuvchilar so`rovlari bo`yicha adabiyotlar berish. Foydalanuvchilar buyurtmalariga binoan o`quv xonalarida kitoblarni 5 kun davomida saqlab qo`yish. Pullik xizmatlar: Hujjatdan nusxa ko`chirish. Bo`limning ish vaqti:10:00-19:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Yoshlar bilan ma`naviy – ma`rifiy ishlar olib borish sektori

Yoshlar bilan ma`naviy-ma`rifiy ishlar olib borish sektorining foydalanuvchilarini litsey, kollej va maktabning yuqori sinf o`quvchilari hamda universitetning 1-2 kurs talabalari tashkil qiladi. Yoshlar bilan ma`naviy-ma`rifiy ishlar olib borish sektori kitob ko`rg`azmalari, davra suhbatlari, kechalar tashkil qiladilar, axborot – kutubxona markaziga ekskursiyalar uyushtiradilar. Yangi o`quv yili boshlanishi munosabati bilan foydalanuvchilarni litsey, kollej, universitetlarga taklif qilinishi to`g`risidagi e`lonlar bilan tanishtirib boradilar. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilarga kutubxona xizmati ko`rsatish. Fond va kataloglar bilan tanishtirish maqsadida konsul`tatsiya va ekskursiyalar uyushtirish. Pullik xizmatlar: Hujjatdan nusxa ko`chirish. Sektorning ish vaqti: 10:00-19:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

KAA va abonement sektori

Abonement sektori aholining turli – tuman qatlamlariga xizmat ko`rsatadi. Abonement sektorida turli bilim sohalariga oid kitoblar mavjud. Asosiy fondini badiiy adabiyotlar tashkil qiladi. Abonement sektorida kutubxonaga kelgan yangi hujjatlar bilan kitobxonlar muntazam ravishda tanishtirib boriladi. Abonement sektorida adabiyotlar 15 kun muhlat bilan uyga beriladi. Abonement sektori harbiy qism bilan birgalikda ko`chma kutubxona tashkil qilgan. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish. Sektorning ish vaqti: 10:00-19:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Elektron o`quv zali zektori

Elektron o`quv xonasi zamonaviy komp`yuter texnologiyalari va aloqa vositalari yordamida foydalanuvchilarga axborot bibliografik xizmat ko`rsatish ishlarini amalga oshiradi. Elektron o`quv xonasi axborotni elektron tarqatuvchi vositalar yordamida to`plash, saqlash va kiritish markazi hisoblanadi. Elektron o`quv xonasi foydalanuvchilarni INTERNET, ZiyoNet resurslari, elektron kataloglar, ta`lim dastur va rejalaridan foydalanishlarini ta`minlaydi. Bepul xizmatlar: ZiyoNet va elektroh resurslari vositasida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish. Pullik xizmatlar: Ma`lumotlarni disketga yozib berish. Sektorning ish vaqti: 10:00-18:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Hujjatlarni saqlash bo`limi

Axborot hujjatlarini saqlash bo`limidagi adabiyotlar 148912 nusxani tashkil qiladi. Bo`lim jamg`armasi kitoblar, broshyuralar hamda oynoma va ro`znomalardan iborat. Bo`limda 18-19 asrlarda nashr qilingan nodir adabiyotlar ham bor. Axborot hujjatlarini saqlash bo`limida 1939 yildan hozirgi kungacha bo`lgan vaqtli matbuot nashrlari saqlanmoqda. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilar so`rovlariga binoan kitoblar berish. Pullik xizmatlar: Bo`lim fondidagi nashrlardan nusxa olish. Bo`limning ish vaqti: 9:00-18:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Axborot bibliografiya bo`limi

Axborot bibliografiya xizmati o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy, ma`naviy – axloqiy qadriyotlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan axborot markazini barpo etadi: Yangi kelgan ro`znoma va oynomalarni ko`zdan kechirib borish. Ro`znoma va oynoma maqolalari kartotekasini, taqriz va o`lkashunoslik kartotekalarini to`ldirish ushun ma`lumotlarni yozib borish; Yangi adabiyotlarni targ`ibot qilish uchun ro`yxatlar tuzish; Yubiley sanalariga bag`ishlab bukletlar chiqarish; Foydalanuvchilar uchun og`zaki va yozma ma`lumotlarni bajarib borish; Mavzuli kartotekalarni tuzish; Foydalanuvchilar orasida bibliografik bilimlarni targ`ib qilish maqsadida darslar, sayohatlar, suhbatlar, kitoblarning sharhlarini o`tkazish; Muhim sanalarga bag`ishlab fayllar tashkil qilish. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilarning so`rovlarini bajarish. Pullik xizmatlar: Mavzuli so`rovlarini bajarish. Bo`limning ish vaqti: 9:00-18:00. Dam olish kunlari: Yakshanba.

O`lkashunoslik axborot sektori

O`lkashunoslik axborot – bibliografiya apparati quyidagilardan tashkil topadi: O`lkashunoslik nashrlarining katalogini olib borish; O`lkashunoslik adabiyotlarining tavsiya kartotekasini tuzish; Mahalliy matbuot nashrlarining xronologik katalogi; O`lkashunoslikka oid kitoblarning ma`lumot bazalarini tuzish; Foydalanuvchilar uchun og`zaki va yozma ma`lumotlarni bajarib borish. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilarning so`rovlarini bajarish. Pullik xizmatlar: Mavzuli so`rovlarni bajarish. Sektorning ish vakti: 9:00-18:00. Dam olish kunlari: Yakshanba.

Huquqiy axborot sektori

Huquqiy axborot sektorida foydalanuvchilar Respublikada qabul qilingan qonunlar, rasmiy va me`yoriy hujjatlarni elektron ko`rinishda tanishish imkoniga ega bo`ladilar. Sektor yuridik mazmundagi CD-ROM disklari,”NORMA” dasturi va huquq tizimidagi ma`lumot bazalari bilan ta`minlangan. Bepul xizmatlar: Foydalanuvchilarga axborot bibliografiya xizmati ko`rsatish va so`rovlarini bajarish. Pullik xizmatlar: Hujjatlardan nusxa olish. Sektorning ish kunlari: 9:00-18:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Ilmiy – metodika bo`limi

Axborot – kutubxona markazining asosiy maqsadi doirasida huquqiy – me`yoriy hujjatlarni tayyorlashga, axborot – kutubxona ishining asosiy metodlari va shakllarini yaratishga, yangi takomillashgan va samarali metodlarni joriy etishga erishishdir. Bo`limning asosiy vazifalari tubandagi shakllarni amalga oshirishga qaratiladi: 1. Kitobxonlarga an`anaviy kutubxona xizmati ko`rsatishdan o`z axborot resusrlarini yaratish yo`li bilan axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishga o`tish bo`yicha ilmiy-metodik va amaliy tadbirlar ishlab chiqish; Yig`ma elektron kataloglar yordamida axborot-resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxona va ma`lumot bazalarini yaratishda ilmiy va metodik qo`llanmalar yaratish; Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish, kitoblarni saqlash va ulardan to`g`ri foydalanish kabi masalalar bo`yicha ilg`or tajriba maktabi tashkil etish; maktab, kollej, kasaba uyushma, harbiy qism kutubxonalariga va tuman va shahar ARM lariga amaliy metodik yordam ko`rsatish; metodik yordamni takomillashtirish mavzusida har xil seminar-treninglar o`tkazish; axborot-kutubxona markazi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida “AKM xodimlari uchun malaka oshirish maktabi”ni tashkillashtirish; bo`lim va sektorlarning hisobotlarini umumlashtirgan holda AKM ning chorak va yillik hisobotlarini tayyorlash. Bo`limning ish vaqti: 9:00-18:00. Dam olish kunlari: Yakshanba.

Axborot texnologiyalari bo`limi

Axborot texnologiyalari bo`limining vazifasi elektron kutubxona va ma`lumotlar zahirasini elektron katalogining axborot resurslari yordamida birlashtirish hamda to`liq ma`lumot bazalarini yaratishdir. Bepul xizmatlar: Kutubxona xodimlarini IRBIS tizimida ishlashga o`rgatish va katalogizatorlarni tayorlash. Kutubxonachilar va foydalanuvchilarni INTERNETdan foydalanishga o`qitish. Kutubxonachilar va foydalanuvchilarni elektron pochtadan foydalanishga o`qitish. Pullik xizmatlar: Komp`yuter savodxonligiga yakka tartibda o`qitish. Hujjatlardan nusxa olish va ko`paytirish. Bo`limning ish vaqti: 9:00-18:00. Dam olish kuni: Yakshanba.

Kutubхоna jamg`armasini aхbоrоt hujjatlari bilan to`ldirish bo`limi.

O`zbеkistоn   Rеspublikasi  Prеzidеnt, I.A.Karimоvning  asarlari, farmоnlari, O`zbеkistоn    Rеspublikasi   Vazirlar Mahkamasi    va   Оliy majlis qarоrlari, ma`ruza     matnlari, O`zbеkistоn  Rеspublikasi    Kоnstitutsiyasi,  vilоyat   hоkim   qarоrlari,   davlat       qurilishining turli masalalari, ijtimоiy-siyosiy va iqtisоdiy adabiyotlar va  elеktrоn    rеsurslar bilan to`ldirib bоradi. AKM jamg`armasini hоzirgi kun talablariga binоan mоs kеladigan fanning barcha sоhalari rivоjlanishidagi jahоn tajribalari va yutuqlarini yoritadigan adabiyotlar bilan to`ldiradi. Kitоbхоnlar guruhlariga qarab ularning so`rоvlarini etibоrga оlgan hоlda badiiy, milliy va manaviylikga dоir hujjatlarni jamlaydi. Davrning dоlzarb masalalariga va  muammоlariga bag`ishlangan vaqtli matbuоt  nashrlarga оbuna bo`ladi va kеlgan matbuоt nashrlarini hisоbga оladi. O`quvchilarning va talabalarning talab va ehtiyojlariga javоb bеruvchi, yoshlarning intеllеktual imkоniyatlarini kеngaytirishga , salоhiyatli  yoshlar  qilib tarbiyalashga  yordam  bеruvchi, zamоnaviy bоzоr iqtisоdiyoti talablari va qоnuniyatlari yoritilgan adabiyotlar bilan    ekоlоgik va vоhamiz atrоf muhitni muhоfaza qilish masalalariga оid , ХХI asr yuksak tехnоlоgiyalari , zamоnaviy  elеktrоn  tехnоlоgiyalarga  dоir adabiyotlar  va  elеktrоn  rеsurslar  bilan to`ldirib bоradi. Ish   tartibi: 9.00-18.00. Dam olish kuni: Yakshanba

 

Published in: ||on Yanvar 22nd, 2013 |No Comments »