Biz haqimizda

Axborot texnologiyalari va komp`yuter kommunikatsiya tizimlarining kutubxonachilik sohasiga tadbiq qilish davr talabidir.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`rizida”gi PQ-381 zonli qarori zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog`ini tashkil qilishni takomillashtirish va bu sohada tub islohotlarni amalga oshirish vazifasini ilgari surdi.

Xorazm viloyat Axborot – kutubxona markazi aholini axborotga bo`lgan ehtiyojlarini zamonaviy yuqori sifatli kutubxona axborot bilan ta`minlashi asosida foydalanuvchilarga erkin bilim va axborot olish uchun zamin yaratib shaxsning rivojlanishiga, mustaqil bilim olishiga xizmat ko`rsatadi. Axborot – kutubxona markazi faoliyatining asosiy vazifalari aholiga axborot – kutubxona xizmati ko`rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish, uning ulmiy, ta`lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish, foydalanuvchilarga jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish, milliy va xorijiy nashrlar fondlarini shakllantirish, saqlash, yig`ma elektron katalog yordamida axborot resurslarni birlashtiruvchi ma`lumot bazalarini yaratishdan iborat.

-Kutubxonachilik sohasidagi yangilanishlar kisini quvontiradi, – deydi Markaz direktori Rahimboy Qurbonov. – Endi kitobxonning kerakli ma`lumotni izlab, kutubxonama – kutubxona yugurib yurishiga hojat qolmadi. Axborot – kutubxona markazimizda kitoblarni saqlash, ishlov berish, tegishli bibliografik axborotlar tayyorlash uchun barcha sharoitlar muhayyo. Foydalanuvchilarni barcha sohalarga oid yangi axborotlar bilan ta`minlaymiz, buning uchun eng zamonaviy vositalardan foydalanamiz.

Axborot – kutubxona markazining umumiy fondi 501 746 nusxa adabiyotdan iborat. Jumladan ijtimoiy – siyosiy yo`nalishdagi adabiyotlar 132 275 nusxani, tabiiy fanlarga oid adabiyotlar 45 142 nusxani, tibbiyotga oid adabiyotlar 25 643 nusxani, texnika va qishloq xo`jaligiga oid adabiyotlar 49 168 nusxani, san`at va sportga oid adabiyotlar 46 278 nusxani, filologiyaga oid adabiyotlar 41 145 nusxani, badiiy adabiyotlar 162 095 nusxani, lotin yozuvidagi adabiyotlar1177 nusxani tashkil qiladi. Shulardan o`zbek tilidagi adabiyotlar 84 102 (ulardan 1177 nusxasi lotin), rus tilidagi adabiyotlar 412 493 nusxa, boshqa tillardagi adabiyotlar 5151 nusxani tashkil qiladi.

Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi aholining turli – tuman qatlamlariga kutubxona axborot xizmatini ko`rsatish bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi hayotida sodir bo`layotgan voqea va muhim sanalarga baf`ishlangan rasmli kitob ko`rgazmalarini tashkil qiladi. Umumiy o`quv xonasi sektorida foydalanuvchilar o`tgan yillardagi va joriy yildagi vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishishlari mumkin. Sektor jamg`armasi foydalanuvchilar talablarini hisobga olgan holda to`ldirilgan. Unda tarix, siyosat, iqtisod, tabiiy fanlar, tibbiyot va ijtimoiy fanlar hamda sport va san`atga oid adabiyotlar jamlangan.

Axborot – bibliografiya bo`limining o`lkashunoslik sektori 2007 yilda tashkil topdi. Sektorning eng asosiy vazifasi foydalanuvchilarga o`lka haqidagi adabiyotlarni keng targ`ibot qilishdir. O`lkashunoslik axborot sektorida o`lka haqidagi adabiyotlarning to`liq matnli ma`lumot bazalari yaratilmoqda. Sektor qoshida o`lkashunoslik mini – muzeyi ochildi. Unda mahalliy rassomlarning kartinalari, Xorazm ustalarining amaliy san`at namunalari jamlangan. Qadimgi Xorazm haqida hikoya qiluvchi suratlar bilan bezalgan.

Kitob o`qish orqali qadimiy merosimizni, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o`rganamiz. Yoshlarni tariximiz va adabiyotimizni chuqur o`rganib, ma`naviy etuk insonlar qilib tarbiyalash ma`rifat va madaniyat o`chof`i sanalmish kutubxonaning bosh vazifalaridan biridir. Tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni saqlab qolish va kelajak avlodlarga to`la etkazish maqsadida nodir adabiyotlar muzeyi tashkil qilindi. Nodir adabiyotlar muzeyida 442 nomda rus tilidagi adabiyotlar, 131 nomda xorijiy tillardagi adabiyotlar, 9 nomda o`zbek tilidagi adabiyotlar qo`yilgan.

Published in: ||on Iyul 1st, 2008 |No Comments »